O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yillik bayrami nishonlandi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yillik bayrami nishonlandi

8 dekabr` kuni mamlakatimizning Asosiy qonuni qabul qilinganligining 27 yilligi nishonlanadi. Ushbu tarixiy kunga bag'ishlab  Bosh prokuratura Akademiyasida “Konstitutsiya - qonun ustuvorligi kafolatidir” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida intellektual bellashuv va viktorinalar, mavzuga doir boshqa tadbirlar tashkil etilib, ularda Akademiyaning professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy normalarning mohiyatini keng yoritish va tushuntirish zarurligi ishtirokchilar tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi.

Telegram Facebook