Konstitutsiya – bosh qomusimiz

Konstitutsiya – bosh qomusimiz

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligini keng nishonlash hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo'riqlash bosh boshqarmasi Toshkent shahar Qo'riqlash boshqarmasi xodimlarining Konstitutsiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 7 dekabr kuni O'zbek milliy akademik drama teatri binosida “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi markaz boshlig'i, yuridik fanlar doktori, professor M.M.Mamasiddiqov, Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi vakili, sud`ya O.A.Xasanovlar “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakatimiz mudofaa va xavfsizligini ta'minlash garovi”, “Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy donoligi va tafakkuri mahsuli” mavzularida ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

Tadbir qizg'in savol-javob tarzida bo'lib o'tdi.