Kembridj universiteti professori bilan uchrashuv

Kembridj universiteti professori bilan uchrashuv

2019 yilning 23 dekabr kuni Akademiyada Markaziy Osiyo bo'yicha Kembridj forumi direktori, Kembridj universiteti professori (Buyuk Britaniya) Siddxart Saksena bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Akademiya va Kembridj universiteti o'rtasida ilm va ta'lim sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar qo'shma tadqiqotlar, tadbirlar, xalqaro ta'lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.