Yuridik shaxslarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish bo'yicha o'quv qo'llanmasi nashr etish uchun tayyorlandi

Yuridik shaxslarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish bo'yicha o'quv qo'llanmasi nashr etish uchun tayyorlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mutaxassislarni tayyorlovchi muassasalarning ilmiy-ta'lim salohiyatini oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan milliy, xorijiy va 
xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda tegishli mavzularda ixtisoslashgan adabiyotlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Akademiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi bilan birgalikda «Xorijiy mamlakatlarda yuridik shaxslarni korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari» mavzusidagi o'quv qo'llanmasi tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'quv-uslubiy muvofiqlashtiruvchi Kengashining 14.08.2020 yildagi 418-235-sonli qarori bilan mazkur qo'llanma nashrga tavsiya etildi. 

O'quv qo'llanmada yuridik shaxslarni korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun javobgarlikka tortishning asosiy modellari, anglo-sakson, romano-german huquq oilalari hamda Sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlarida uning amaliy qo'llanilishi ko'rib chiqiladi.