Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va korruptsiya holatlarini oldini olish maqsadida «Biznes sarbon» mobil ilovasining beta-versiyasi ishlab chiqildi.
Ushbu dasturiy mahsulotning asosiy funktsiyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va kengaytirish bilan bog'liq eng muhim yo'nalishlarda shaffoflik va ma'lumotlar olish imkoniyatini ta'minlashdan iboratdir.
Belgilangan tartibga asosan, Akademiya kengashi yig'ilishida mobil ilova taqdimoti muvaffaqiyatli o'tkazildi.