Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Bolalar fondi (YUNISEF) vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Bolalar fondi (YUNISEF) vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18 iyul kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Bolalar fondi (YUNISEF) vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar YUNISEF texnik ko'magida Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan voyaga yetmaganlarni jinoiy ta'qibdan olib qolish bo'yicha tajriba loyihasining amalga oshirilishi bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, mazkur sohadagi xalqaro standartlar hamda ilg'or xorijiy tajribani implementatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha fikr almashdilar.