2019 yil 2 avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasida barqaror rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha «Samarali boshqaruv» guruhi a'zolari bo'lgan vazirlik va idoralar vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklarining vakillari ham ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida mavjud milliy indikatorlar bo'yicha hisoblash metodoligiyasini ishlab chiqish, maqsadli ko'rsatkichlar va tematik ma'ruzalarni tayyorlash masalalari ko'rib chiqildi, shuningdek BMTning mazkur yo'nalishdagi tavsiyalari muxokama qilindi.
Yig'ilish yakuni bo'yicha, belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.