O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADEMIYASI
“12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror
nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha
tayanch doktoranturaga
QABUL E'LON QILADI
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplomga ega bo'lish;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ilmiy ishlar to'plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo'lish.
Tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlar Bosh prokuratura Akademiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma'lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar Bosh prokuratura Akademiyasi qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo'lgan davrda qabul qilinadi.
Eslatma: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro'yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risida”gi Nizomda batafsil ko'rsatilgan.
Tayanch doktoranturada o'qishga kiruvchi talabgorlar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining phd.mininnovation.uz saytida hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazishlari talab etiladi.