Joriy yilning 27 sentyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Latviya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.Popkovs bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Latviyaning yetakchi ilmiy va ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish, ta'lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida, jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga yo'naltirilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.