Bosh prokuratura Akademiyasida sayyor sud majlisi

Bosh prokuratura Akademiyasida sayyor sud majlisi

Bosh prokuratura Akademiyasida tashkillashtirilayotgan o'quv kurslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5438-sonli Farmoni hamda Bosh prokuror buyrug'i bilan tasdiqlangan Akademiya Nizomi talablaridan kelib chiqqan xolda o'qitishning amaliy xususiyatiga va prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog'liqlikka alohida ahamiyat berilgan holda amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 9 yanvarida Akademiyaning sud zali o'quv-immitatsiya xonasida Bosh prokuratura Akademiyasi magistrlari uchun jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi Z.Tursunov raisligida, davlat ayblovchisi shu tuman prokurori yordamchisi U.Olimjonov ishtirokida o'zgalar mulkini o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish Jinoyat kodeksining 167-moddasi  2-qismi bilan ayblanib sudga berilgan O.A.ga nisbatan jinoyat ishi bo'yicha sayyor sud majlisi tashkillashtirildi.

Sud protsessi yakunlanganidan so'ng sudya Z.Tursunov va Akademiyaning sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash kafedrasi o'qituvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazilib, unda ko'rilgan jinoyat ishining tahlili, mazkur toifadagi jinoyat ishlari bo'yicha shakllangan sud amaliyoti, mazkur toifadagi jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko'rish jarayonida uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama etildi.