2019 yil 4 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg'armasi direktori A.SH. Bekmurodov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda “El-yurt umidi” jamg'armasining maqsad va vazifalari, istiqboldagi rejalari hamda olib borayotgan keng ko'lamli ishlari xususida aytib o'tildi.
Shuningdek, jamg'arma tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o'tash, magistratura va doktorantura yo'nalishlari bo'yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat boshqaruvi organlari mutaxassis-kadrlari uchun tashkil etiladigan stipendiya tanlovi to'g'risida so'z bordi.
Tadbir davomida chet elda malaka oshirish yo'nalishi bo'yicha jamg'arma tomonidan tashkil etilgan tanlovda Akademiyaning 3 nafar xodimi g'olib deb topilganligi va chet davlatlarda malaka oshirish imkoniyatini qo'lga kiritganligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Tadbir yakunida joriy yilning oktyabr` oyida jamg'arma tomonidan e'lon qilinadigan navbatdagi tanlovida prokuratura organlari xodimlarining faol ishtirok etishiga ishonch bildirildi.