Bosh prokuratura Akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi qoidalarini amalga oshirish doirasida 2020 yilda o'quv-ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik bo'yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Ushbu reja amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bir qator qo'shma tadbirlarni o'tkazish, ilmiy-tahliliy nashrlar tayyorlash, shuningdek, o'quv, o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar almashinuvini nazarda tutadi.