2019 yil 10 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar inson huquqlari bo'yicha o'quv kurslarini ishlab chiqish va joriy etish, ta'lim video va o'quv-uslubiy materiallarni tayyorlash, masofaviy va klinik ta'limni rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga rozilik bildirdilar.