2019 yil 11 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi mudofaa masalalari bo'yicha attashesi Syuy Chanchji hamda uning o'rinbosari Du Xunde Akademiya rahbariyati bilan uchrashdi.
Tomonlar Akademiya va XXR ixtisoslashgan muassasalari o'rtasida ta'lim va ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish hamda akademik harakatchanligi loyihalarini amalga oshirish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.