2019 yilning 20 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Davlat departamentining moliyaviy ko'maklashish masalalari buyicha katta maslahatchisi R.Stoddart boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida AQSH delegatsiyasi Akademiyaning ilmiy va ta'lim sohalaridagi faoliyati, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda Akademiyaning transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida, jumladan masofaviy ta'limni qo'llagan holda ta'lim salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xamkorlik masalalari muxoqama qilindi.