2020 yilning yanvar` oyida Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Bolalar fondi (YUNISEF), YUNESKO, BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamda BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Ishtirokchilar o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qilib, qo'shma tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida keyingi qadamlarni belgilab oldilar.