2020 yilning 27 oktyabr kuni Akademiya rahbariyatining BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining “Ta'lim va odil sudlov” (E4J) Tashabbusi vakillari bilan videokonferentsaloqa vositasida ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari va mintaqadagi boshqa davlatlar uchun korruptsiyaga qarshi ta'lim bo'yicha qo'shma o'quv-seminar o'tkazishning tashkiliy masalalarini muhokama qildilar.