Aktivlarni qaytarish bo'yicha hududiy tarmoqlar vakillarining onlayn uchrashuvi

Aktivlarni qaytarish bo'yicha hududiy tarmoqlar vakillarining onlayn uchrashuvi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi vakillari G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo tarmog'i (ARIN-WCA) Kotibiyatining vazifalarini amalga oshirishlari doirasida joriy yilning 9 iyun kuni Yevropaning CARIN tarmog'i tomonidan tashkillashtirilgan aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo tarmoqlar (ARIN) vakillarining onlayn uchrashuvida ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda Yevropa (CARIN), Karib havzasi (ARIN-CARIB), Sharqiy Afrika (ARIN-EA), G'arbiy Afrika (ARIN-WA), Janubiy Afrika (ARINSA), Lotin Amerikasi (RRAG), G'arbiy va Markaziy Osiyo (ARIN-WCA) mintaqalarida hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tarmoqlarning Kotibiyatlari vakillari, Yevropol, Jahon banki, hamda GIZ fondi ekspertlari qatnashishdi.

Tadbir ishtirokchilari bugungi kunda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy tarkibi sifatida aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmoqlarning o'rni va ahamiyatini e'tirof etishib, ushbu tarmoqlarning samaradorligini yanada oshirish, davlatlarning aktivlarni qaytarish sohasidagi aloqalarining muhimliligi, samarali hamkorlikni amalga oshirish va mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish maqsadida ishtirok etuvchi davlatlar doirasini kengaytirish, asosiy vazifa va yo'nalishlarni belgilash, professional aloqalarni o'rnatish va ularni yanada chuqurlashtirish, mazkur sohadagi yangi bilim va tajribalar bilan almashish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv informativ va ishchan ruhda o'tkazilib, yakunlari bo'yicha ishtirokchilar tomonidan kelajakda muhokama qilinadigan muhim masalalar belgilab olindi, faol hamkorlik qilish va ARIN doirasida aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklari bildirildi.