2020 yil 23 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi mudofaa masalalari bo'yicha attashesi Syuy Chanchji hamda uning o'rinbosari Du Xunde bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o'tkazildi.
Tomonlar Akademiya va XXR Oliy xalq prokuraturasining Davlat prokurorlar instituti o'rtasida muassasalarning ilmiy-tadqiqot va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kadrlarini tayyorlash bo'yicha ta'lim salohiyatini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.