Korrupsiyaga qarshi kurashda milliy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashda milliy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari YEXHTning O'zbekistondagi loyiha Muvofiqlashtiruvchisi janob Dj.MakGregor va Korruptsiyaga qarshi kurash Agentligi direktori A.E.Burxanov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Loyiha Muvofiqlashtiruvchining Bosh prokuratura va Akademiya bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi faoliyati qayd etildi va yangi tashkil etilgan Agentlikni qo'llab-quvvatlash masalalari ta'kidlab o'tildi.

Tomonlar YEXHT tomonidan ko'maklashishi mumkin bo'lgan aniq yo'nalish va sohalarni muhokama qilishdi.