BMT NJQKB va YETTBning korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yangi loyihasi ishga tushirilishi

BMT NJQKB va YETTBning korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yangi loyihasi ishga tushirilishi

Bosh prokuratura Akademiyasi ko'magida korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazorati salohiyatini oshirish bo'yicha BMT NJQKB va YETTBning yangi mintaqaviy loyihasini ishga tushirish yuzasidan ishchi yig'ilish tashkil etildi.

Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, Bosh prokuraturaning ixtisoslashgan boshqarmasi va Akademiya rahbariyati hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar loyihani amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini, O'zbekiston tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirilishini monitoring qilishning ikkinchi siklini o'tkazishga ko'maklashish masalalarini muhokama qilishdi.