2020 yil 26 noyabr kuni BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi tashabbusiga ko'ra, Bosh prokuratura Akademiyasi TDYUU bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalari uchun
“Adolat uchun ta'lim (E4J)” tashabbusi doirasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoiy odil sudlov” mavzusida onlayn seminar o'tkazdi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoiy odil sudlov bo'yicha xalqaro ekspertlar, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hodimi Vendi O Brayn va Sidney universiteti dotsenti Garner Klanslar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoiy odil sudlov E4J modulining tarkibi bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Akademiya, TDYUU va xorijiy mamlakatlar oliy o'quv yurtlarining vakillari E4J modulini oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlariga integratsiya qilish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.