Professor-o'qituvchilar uchun seminar-trening

Professor-o'qituvchilar uchun seminar-trening

Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari uchun Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti professori E.Volkova ishtirokida “Esse yozish va uni baholash metodikasi” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminar tinglovchilar nazariy bilimlarini baholashning samarali usullaridan biri bo'lgan esse va boshqa huquqiy sohadagi shu kabi yozma ishlar mavzularini shakllantirish, tayyorlash va baholash metodikasini amalda qo'llashni takomillashtirishga qaratildi.

Tadbir yakunida tinglovchilarda tanqidiy fikrlash, huquqiy tahlil va akademik yozuv ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha o'quv-uslubiy sohada Akademiya salohiyatini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlar rejasi belgilab olindi.