AQShning Sirakuz universiteti bilan hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi

AQShning Sirakuz universiteti bilan hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi

yuridik kolleji dekani, professor Kreyg Boys, yuridik kolleji nogironlar huquqlari klinikasi direktori, professor Maykl Shvarts, shuningdek Xalqaro dasturlar bo'limi boshlig'i, Nogironlik huquqi va siyosati instituti direktori, professor Arlin Kanter ishtirok etdi.

Tadbirda O'zbekiston tomonidan AQShning O'zbekistondagi elchisi, “El-yurt umidi” jamg'armasi, Bosh prokuratura Akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati ishtirok etdi.

Memorandum o'quv yurtlari o'rtasida akademik almashinuv, tadqiqotlar va ilmiy ishlar borasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu hujjat doirasida nogironlarga huquqiy yordam ko'rsatish muammolariga alohida e'tibor qaratilmoqda, buning uchun Bosh prokuratura Akademiyasi va TDYUU yuridik klinikalarini rivojlantirish uchun ekspert ko'magi nazarda tutilmoqda.

Memorandumni imzolash sanasi Xalqaro nogironlar kunini nishonlashga to'g'ri kelgan bo'lib, bu o'ziga xos ramziy ma'no kasb etadi.

Imzolash marosimi davomida ishtirokchilar o'zlarining chiqishlarida samarali hamkrorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.