Anons

Anons

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlash doirasida o'tazilayotgan tadbirlar dasturi doirasida 2020 yil 9 dekabr kuni Akademiyada O'zbekiston yuridik oliy o'quv yurtlarining magistratura tinglovchilari  o'rtasida BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konventsiyasiga a'zo davlatlar konferentsiyasi modeli formatida “BMTning korruptsiyaga qarshi kurashish konventsiyasini amalga oshirish mexanizmi: sharhning ikkinchi sikli” tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro standartlar, strategiyalar va amaliyotni korrupsiyaga qarshi kurashishning diplomatiyasi, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyatini takomillashtirish sohasidagi bilimlarni va kompetentsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Konferentsiyada korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasining II bobi qoidalarini tahlil qilish va muhokama qilishga, ularni milliy qonunchilikka tatbiq etishga, shuningdek, bir necha xorijiy mamlakatlar tajribasiga e'tibor qaratiladi.

Bog'lanish uchun info@proacademy.uz elektron pochta manziliga yoki (71) 202-04-96 (ichki 1793) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.