BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

Akademiya rahbariyatining BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, shuningdek BMTTD samarali boshqaruv, siyosat va kommunikatsiyalarga ko'maklashish bo'yicha klaster rahbari Kamila Muxamedxanova va loyiha menejeri Nariman Muradasilov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini, shu jumladan qorruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ta'lim borasida hamkorlikni yanada kengaytirish  masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida navbatdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.