Akademiya ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo'lidagi yangi yutuqlar

Akademiya ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo'lidagi yangi yutuqlar

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dissertatsiya tadqiqotlari ko'lami sezilarli darajada kengaytirildi, Akademiya doktorant va mustaqil izlanuvchilari soni oshdi, innovatsiotsion loyiha va dasturlarni amalga oshirish ishlari faollashtirildi.
Mazkur faoliyatning muhim natijalari sifatida Akademiya professor-o'qituvchilari ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasidagigi yutuqlarni ta'kidlab o'tish lozim. 
Xususan, Akademiya kafedra o'qituvchilari D.Dovudova va A.Komilov, shuningdek bo'lim katta prokurori A.Odinaev yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'ldi.
Shu bilan birga, yuridik fanlar doktorlari G.Malikova va I.Astanov professor, yuridik fanlar nomzodi S.Xalbaev esa dotsent ilmiy unvoniga ega bo'ldi.
Shu munosabat bilan, Akademiyada ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o'qituvchilar va xodimlarga diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Bosh prokuratura Akademiyasi jamoasi ilmiy sohada muvaffaqiyatga erishgan hamkasblarini samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy va ta'lim faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.