Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan ilmiy va ta'lim sohalarida idoralararo hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Akademiya bilan O'zbekiston xalqaro islom Akademiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida shartnoma tuzilgan bo'lib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Mazkur reja ijrosi doirasida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun o'quv mashg'ulotlari tashkillashtirildi.
Mashg'ulotlar markaz xodimlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan bo'lib, mutaxassislarning o'zaro fikr va tajriba almashishi uchun o'ziga xos maydon vazifasini o'taydi.
Mashg'ulotlar keyingi yilning yanvar oyida ham davom ettiriladi.