Kompyuter savodxonligi sohasida Akademiya xodimlari diagnostikasi o'tkazildi

Kompyuter savodxonligi sohasida Akademiya xodimlari diagnostikasi o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasiga muvofiq, shuningdek 2020 yilning Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinganligi munosabati bilan xodimlarning kompyuter savodxonligi borasida diagnostikasi o'kazildi.

Test sinovi axborot xavfsizligi asoslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi umumiy bilimlar, shuningdek Word, Excel, Power Point kabi Microsoft Office ilovalarini bilish va qo'llash darajasini aniqlash bo'yicha savollarni o'z ichiga olgan.

Test sinovi natijalari bo'yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xodimlar malakasini oshirish bo'yicha differentsiyalashgan o'quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.