Jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni mamlakatda jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi “White paper on crime” yillik hisobotini tuzish metodikasi va bunda qo‘llaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Xususan, ma'lumotlarni butun mamlakat bo‘yicha to‘plash va qayta ishlash uslubiyoti ko‘rib chiqilib, yillik hisobotni tayyorlashda qo‘llaniladigan maxsus dasturiy ta'minot imkoniyatlari namoyish etildi.
Tomonlar Akademiya tomonidan har oyda chop etiladigan jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi daydjestni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.