Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish yo‘nalishidagi qo‘shma loyiha davom ettirildi

Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish yo‘nalishidagi qo‘shma loyiha davom ettirildi

Jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan  statistik ma'lumolarni yig‘ish tartibi to‘g‘risida tushuncha berildi. 
Xususan, Yaponiya prokuraturasi tomonidan statistik ma'lumotlarni to‘plash, shunigdek Yaponiya Oliy sudi tomonidan chop etiladigan jurnal haqida ma'lumot berildi.  
Taraflar Bosh prokuratura Akademiyasida har oyda chop etiladigan jinoyatchilik to‘g‘risidagi daydjestni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.