Akademiyada O‘zbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari – dasturlar bo‘yicha menedjer Alessandro Liamine, loyihalar koordinatori Yana Kurpisha va loyihalar bo‘yicha menedjer Akmal Rustamovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Akademiya faoliyati yo‘nalishlari qamrab olgan sohalarda, shu jumladan jinoyatchilikning oldini olish, global muammolar va tahdidlarga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.