Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik holatini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida videokonferensaloqa rejimida navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, ishtirokchilarga O‘zbekistonning jinoiy statistikaga oid ma'lumotlarni to‘plash va jamlash tajribasi to‘g‘risida ma'ruza qilindi. Shuningdek, ma'lumotlarni to‘plash usullari namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun yaponiyalik kriminologlar tomonidan bir qator ma'ruzalarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.