Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!
Ajdodlarimizning yuksak jasorati avlodlar uchun har doim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!
Bosh prokuratura Akademiyasi jamoasi