Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.
Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e'tibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning ma'no-mazmunini bugungi kunda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.
Yurtimiz va xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin, ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
Bosh prokuratura Akademiyasi jamoasi