Аkademiyada yangi maxsus imtihon boʼlib oʼtdi

Аkademiyada yangi maxsus imtihon boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasida 2021 yil 24-26 may kunlari “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yoʼnalishlari” fanidan imtihon boʼlib oʼtdi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 31 martdagi 295/4-son qarori asosida Аkademiyaga mazkur fan boʼyicha maxsus imtihon oʼtkazish huquqi berilgan.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, taʼlim va fan, huquqni qoʼllash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega boʼlgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan oʼtkazildi.
Imtihon jarayonida talabgorlarning 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan bilim va tajribalari sinovdan oʼtkazildi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.