Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'lim davlat ijrochilarining malaka oshirish kurslari yakunlandi

Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'lim davlat ijrochilarining malaka oshirish kurslari yakunlandi

2020 yil 14 fevralda Akademiyada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining navbatdagi tuman (shahar) bo'lim davlat ijrochilari ishtirokidagi malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Malaka oshirish kursi o'quv mashg'ulotlari bevosita huquqni qo'llash amaliyotida ijro hujjatlarining o'z vaqtida qonuniy ijro etilishini ta'minlash borasida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy o'quv metodikalarini qo'llagan tarzda tashkil etildi.

Xususan, tinglovchilar ishtirokida ijro ishi yurituvi bo'yicha sifatli protsessual hujjatlar tayyorlash, murakkab turdagi ijro hujjatlarini ijro qilish yuzasidan zaruriy ko'nikmalarni shakllantirish uchun imitatsiya mashg'ulotlari, shuningdek keys stadi, guruhlararo muhokama, rolli o'yinlar, kichik guruhlarda ishlash kabi usullardan samarali foydalanildi.

Tinglovchilarning kelgusida malaka oshirish kurslarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalari o'rganildi.

O'quv mashg'ulotlari yakuni bo'yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.