Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan yetakchi xalqaro va xorijiy ilmiy–tadqiqot muassasalari bilan, shu jumladan akademik almashinuv va qo‘shma tadqiqotlar orqali hamkorlikni rivojlantirish va mustahkam-lash choralari ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, hozirgi kunda Akademiyada Latviya, Marmara (Turkiya), Xelski, Dublin universitetlari va boshqa Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH davlatlarining ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirokchi hisoblangan va Lund universitetining huquq sotsiologiyasi Departamenti tomonidan muvofiqlashtiruvchi "Markaziy Osiyo huquqi: Markaziy Osiyoda huquqiy madaniyat va ishbilarmonlik muhiti" qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan loyiha hamda Yevropa komissiyasining Marie Sklodowska-Curie Research and Innovation Staff Exchange granti doirasida 2021 yil iyundan oktyabrgacha Akademiyada Latviya universiteti dosenti, yuridik fanlari doktori Inessa Kalnina malaka oshirmoqda.
I.Kalnina olti oy davomida xalqaro biznes huquqi sohasida olib boradigan tadqiqotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini o‘rganish natijalari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-metodolgik materiallar, shu jumladan nashrlar tayyorlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu tomonlar-ning tadqiqot salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.