O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi videorolik uchun professional ovoz yozish mutaxassisiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida muayyan muddatga).
Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda amalga oshiradi. Mazkur jarayonda videorolik va boshqa media materiallar vositasida keng jamoatchilik, shu jumladan yoshlar va ularning ota-onalarini Akademiyadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari bilan yaqindan tanishtirib boradi.
Shu munosabat bilan, ta’lim dargohi va undagi imkoniyatlar aks ettirilgan videorolik uchun professional ovoz yozish uchun Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda suxandon mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish ehtiyoji mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Suxandon quyidagi vazifalarni bajaradi:
Akademiya videomateriallari uchun professional studiyada ovoz yozishni ta’minlaydi;
tayyorlangan ovozli materiallarni Akademiya rahbariyati talabiga ko‘ra qayta ishlaydi;
ovozli xizmatlarni belgilangan muddatda va sifatli bajarishni ta’minlaydi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Televideniye yoki radio sohasida kamida 5-yillik ish tajribasi;
Video va audio roliklarni ishlab chiqish bo‘yicha texnik jihatdan ta’minlanganlik;
mos ovoz tembriga va yuqori professional darajaga ega bo‘lish.
Bajariladigan ish muddati: 5 ish kuni ichida.
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: mas’uliyat va professionalizm, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR, PINFL ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati – 2025-yil 15-aprel (shu kuni ham).
Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsili ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: Zenit zavodi).
Dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha murojaat uchun tel.: 71-202-04-96 (1737).