Magistratura fakulteti

Magistratura fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PF–5438-son “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Akademiyada Magistratura bo‘limi 2019 yildan e’tiboran faoliyat ko‘rsatib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi PF–257-son “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bo‘lim fakultet sifatida qayta tashkil etildi.

 

Maqsadlarimiz:

prokuratura organlari faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash;

magistratura tinglovchilarini tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish orqali jamiyatda ularning o‘z o‘rniga erishishiga ko‘maklashish;

tinglovchilarda shaxsiy va ishchanlik sifatlarini rivojlantirishga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

yoshlar tadqiqotchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish;

tinglovchilarni davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlariga, shu jumladan xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish;

tinglovchilarning nazariy bilimlarini qonunchilik faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga erishish.

 

Asosiy vazifalarimiz:

Akademiya tegishli tarmoqlarining magistrlarni tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

magistrlar tayyorlash faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash;

nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va usullariga muvofiq bo‘lgan o‘quv jarayonini tashkil etish;

yetakchi milliy va xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

o‘quv jarayoniga prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari yetakchi mutaxassislarini jalb etish bo‘yicha Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;

tegishli tarmoqlar bilan kelishgan holda magistratura yo‘nalishi dars jadvali va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

tinglovchilarga oid hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini ta’minlash;

magistratura tinglovchilari tomonidan odob-axloq qoidalari va Akademiyaning ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tashini nazorat qilish;

magistrlik dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy rahbarlar ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash uchun Akademiya rahbariyatiga kiritish;

magistratura tinglovchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish ishlarini tashkil etish.

 

Xidoyatullayev Alisher Toirovich

  

Fakultet boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

“Akkreditivni fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik ishini yoqlagan.

Email: a.hidoyatullaev@proacademy.uz



30 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda bir qator ilmiy-amaliy qo‘llanmalar muallifi.

 

Sattarov Jasurbek Avazbekovich

  

 

 Fakultet katta prokurori.

“Yolg‘on xabar yoki guvohlik berishning jinoyat-huquqiy jihatlari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

Email: j.a.sattarov@proacademy.uz

10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.