Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulьteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulьteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, bevosita qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyatini amalga oshiradi.

Fakultetning asosiy vazifalari:

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash, ushbu jarayonga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilib borish ishlarini muvofiqlashtirish;

tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va tizimli monitoringini olib borish, o‘qitishning sifat darajasini hamda uning samaradorligini tahlil qilish borish, tinglovchilarining kasbiy bilim va zaruriy amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish;

vakolatli davlat organlari hamda prokuratura organlari xodimlarida tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, qonuniylikni ta’minlash yuzasidan adolat va mas’uliyat kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirishning yaxlit tizimini tashkil etilishini ta’minlash.

Kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

birinchi marotaba vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinib, surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlangan hamda prokuratura organlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar uchun   

davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan majburiy birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash maqsadida zaxirada turgan kadrlar uchun – davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlash maqsadida vakolatli davlat organlari xodimlari uchun – davomiyligi 288 soatdan kam bo‘lmagan kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov tuzilmalari xodimlari, shuningdek, prokuratura organlari barcha bo‘g‘inlari xodimlari uchun (har uch yilda kamida bir marotaba) – davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslari;

korrupsiyaga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohalarida maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining uchun  malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari.

 

Xidoyatullayev Alisher Toirovich

Shakirov

  

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

“Akkreditivni fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik ishini yoqlagan.

30 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda bir qator ilmiy-amaliy qo‘llanmalar muallifi.

Email: a.hidoyatullaev@proacademy.uz

 

Otajanov Bobur Abdullayevich

Shakirov

 

  

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti katta prokurori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

“12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokini takomillashtirish masalalari” mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Email: b.a.otajanov@proacademy.uz