Yuridik boʼlim

Yuridik boʼlim

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Yuridik bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Akademiya faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash hamda sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

Akademiyaning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

Akademiyada qabul qilinadigan hujjatlar loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish.

 

Do‘stqoriyev Muzaffar Boybo‘tayevich

Shakirov

 

  

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Yuridik bo‘lim boshlig‘i

M.B.Do‘stqoriyev hammualliflikda prokuratura organlari xodimlari uchun “Prokuratura organlarida davlat tilida ish yuritish va “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish” mavzusidagi elektiv kursini tayyorlagan.

Shuningdek, “Davlat tilida ish yuritish”, “Prokuratura organlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalari” nomli o‘quv-amaliy qo‘llanmalar, “Fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar ishtirokining protsessual xususiyatlari” nomli monografiya, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazorati”, “Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish” nomli uslubiy qo‘llanmalar, “AQSH va O‘zbekistonda prokuratura organlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan.

Huquqning dolzarb masalalari yuzasidan tashkil etilgan bir qator milliy va xalqaro tadbirlar hamda loyihalarda faol ishtirok etib, “Markaziy Osiyoda huquq: Markaziy Osiyoda huquqiy madaniyatlar va biznes muhiti” nomli qo‘shma xalqaro loyiha doirasida tadqiqot olib bormoqda. 
Shuningdek, u jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, loyiha boshqaruvi asoslari, kattalar ta’limini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda milliy va xalqaro miqyosda tashkil etilgan bir qator o‘quv kurslari va dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.