Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi

Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi tergov faoliyatiga ixtisoslashtirilgan kafedra hisoblanib, tergov faoliyatiga yo‘naltirilgan fanlar bo‘yicha ta’lim jarayonini amalga oshiradi. Shuningdek, kafedrada tergov poligoni va kriminalistik laboratoriya mavjud bo‘lib, u yerda nazariy ta’limni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida xonadon sharoitida sodir etiladigan jinoyat holatlari modellashtirish hamda tergov harakatlarida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni tahlil qilish imkoniyati mavjud.

 

Shakirov

 

 

 

Kriminalistika va sud ekspertizalari asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

Modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yuridik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, tahliliy mulohaza yurita oladigan, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni ilgari surish hamda hal etishga qodir mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;

ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – talaba (tinglovchi) yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida o‘z mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash.

Shakirov

 

 

                            

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

 

Astanov Istam Rustamovich

Shakirov

  

Кafedra boshlig‘i,yu.f.f.d., professor.

"Jinoyat ishlari bo‘yicha maxsus bilimlardan foydalanishning protsessual va kriminalistik jihatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Email: i.r.astanov@proacademy.uz

AQSH, Koreya Respublikasi, Yaponiya (2019-yilda UNIFAI tashkilotida) davlatlarida malaka oshirgan. Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, sud ekspertizasi, raqamli dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash, kiberjinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi hisoblanadi.

160 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi: respublika jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 132 ta maqola, 11 ta xorijiy nashrlarda, hammualliflikda 4 ta darslik, 6 ta risola, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-amaliy qo‘llanma, 2 ta sharh, 5 ta monografiya.

Hammualliflikda prokuratura organlari xodimlari uchun “Ko‘zdan kechirish tergov harakati imkoniyatlari”, “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazish tartibi”, “Dastlabki tergovda taftish tayinlash va o‘tkazish”, “Dastlabki tergovning protsessual va taktik asoslari”, Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish jarayoni: muammo va yechim” nomli uslubiy qo‘llanmalar chop ettirilgan

 

Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovich

Shakirov

  

Кafedra katta o‘qituvchisi.

Email: o.b.bahodirov@proacademy.uz

Magistratura bosqichidagi tinglovchilar uchun “Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi” o‘quv moduli bo‘yicha “Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqiga oid xalqaro standartlar tahlili (BMT, Yevropa, mintaqaviy hujjatlar misolida)” mavzusidagi o‘quv dasturi muallifi, Shvetsiyaning Lund Universitetida tinglovchilarni shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqiga oid milliy va xorijiy qonunchilik yuzasidan malaka oshirgan.

Hammualliflikda “Kriminalistika va sud ekspertizalari” moduli bo‘yicha elektron darslik ishlab chiqmoqda.

“Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi” yo‘nalishida o‘quv-metodik majmua muallifi, “Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi” mavzusidagi malaka oshirish kursining kontenti hammuallifi.

 

 Karimov Iftixor Ibragimovich


  

Kafedra katta o‘qituvchisi, yu.f.f.d. (Phd).

"Diniy ekstremizm xususiyatidagi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlari" mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Email: i.i.karimov@proacademy.uz

Indoneziya, Rossiya Federatsiyasida malaka oshirgan. Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, sud ekspertizasi, ekstremizm, terrorizm, qasddan sog‘likka shikast yetkazish, nomusga tekish, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, yo‘l-transport hodisasi, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi hisoblanadi.

30 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi: respublika jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 17 ta, 4 ta xorijiy nashrlarda maqola, hammualliflikda 2 ta darslik, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 4 ta o‘quv qo‘llanma. Prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun “Zamonaviy terroristik va ekstremistik tashkilotlarning jamiyatga tahdidi”, “Terroristik va ekstremistik tashkilotlarning faoliyati: maqsad va vazifalari”, “Yoshlarni ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha”, “Jihodchilar” ekstremistik oqimining vujudga kelishi: maqsad va vazifalari”, “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish” uslubiy qo‘llanmalar hammuallifi.

AQSH Adliya departamenti Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malaka oshirishga ko‘mak ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP) doirasida AQSH va Buyuk Britaniya mutaxassislari bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi tergovchilarni bilimi va kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida tayyorlangan, International Association of Directors of Law Enforcement Standards and Training saytiga joylangan, xalqaro sertifikat berilgan “Terrorizmga qarshi kurashish va tergov harakatlari kursi” hammuallifi.

 

Rajabov Bekzod Xalimovich


  

Kafedra katta o‘qituvchisi, yu.f.f.d. (PhD)

“Prokuror-kriminalistning jinoyat-protsessual va kriminalistik faoliyatini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Email: b.x.rajabov@proacademy.uz

 

Xorijiy, respublika va ilmiy to‘plam va gazetalarda 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalari muallifi. Prokuror-tergov va ilmiy xodimlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan “Prokuror-kriminalistlar faoliyatini tashkil qilish” nomli uslubiy qo‘llanmasi, hammualliflikdagi “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi”, “Kriminalistika” darsliklari, “Jinoyat protsessida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha klinik seminarlar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

 

Botayev Murod Djumanshikovich


  

Kafedra dotsenti, yu.f.f.d. (PhD), dotsent.

"Tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan.

Email: m.d.botayev@proacademy.uz

Xitoy, Xindiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi davlatlarida malaka oshirgan. Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, sud ekspertizasi, jinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi hisoblanadi. 110 dan ziyod nashrlar muallifi: respublika jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 83 ta maqola, 14 tasi xorijiy nashrlarda, hammualliflikda 6 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-amaliy qo‘llanma, 1 ta sharh, 1 ta monografiya.

 

Mirzaxodjayev Davron Atxamovich


  

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Email: d.a.mirzaxodjayev@proacademy.uz

Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, sud ekspertizasi, ekstremizm, terrorizm, qasddan sog‘likka shikast yetkazish, nomusga tekish, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, yo‘l-transport hodisasi, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi.

Respublika jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 5 ta maqola, 2 tasi xorijiy nashrlarda, hammualliflikda 3 ta darslik, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 4 ta o‘quv qo‘llanma muallifi, “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish” uslubiy qo‘llanmalar hammmuallifi.

 

Nabiyev G‘ayrat Shuxrat o‘g‘li


  

Kafedra katta o‘qituvchisi.

Email: g.sh.nabiyev@proacademy.uz

G‘.Nabiyev mutaxassisligi bo‘yicha “Yurist”, ixtisosligi bo‘yicha “Sud eksperti”. Kriminalistik ekspertizalarining 7 ta ixtisosligi bo‘yicha “Daktiloskopiya”, “Trasologiya”, “Sovuq qurollar tadqiqoti”, “Hujjatlarni texnik ekspertizasi”, “Xatshunoslik”, “Ballistika”, “Portret” mustaqil bajarish huquqini beruvchi guvohnomalarga ega.

“Kriminalistika va sud ekspertizalari muammolari” yo‘nalishida o‘quv-metodik majmua hamda “Sud ekspertizalari muammolari” mavzusidagi malaka oshirish kursi muallifi.

Rossiya Federatsiya va Indoneziya davlatlarida malaka oshirgan. Respublika jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 7 ta ilmiy maqola, xorijiy nashrlarda 3 ta maqola chop ettirgan.

Jinoyat-protsessual huquqi, kriminalistika, sud ekspertizasi, jinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi hisoblanadi. 2022-yilda o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi ekspert-kriminalisti” qo‘rik-tanlovining g‘olibi.

Hammualliflik asosida “Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish jarayoni: muammo va yechimlar”, “Jinoyat ishlarini yuritishda tayinlanadigan ekspertizalar”  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

 

Kaxramonov Azizbek Sobirovich


  

Kafedra o‘qituvchisi.

Jinoyat ishi bo‘yicha raqamli ma’lumotdan foydalanishning huquqiy va metodologik asoslari» mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti olib bormoqda.

Email: a.s.kaxramonov@proacademy.uz

Kriminalistik ekspertizalarining 8 ta ixtisosligi bo‘yicha “Kompyuter-texnik ekspertizasi”, “Daktiloskopiya”, “Trasologiya”, “Sovuq qurollar tadqiqoti”, “Hujjatlarni texnik ekspertizasi”, “Xatshunoslik”, “Ballistika”, “Portret” mustaqil bajarish huquqini beruvchi guvohnomalarga ega.

Turkiya Respublikasi, Rossiya Federsiyasi, MDH davlatlarida malaka oshirgan. Kriminalistika, sud ekspertizasi, raqamli dalillarni aniqlash, olish, to‘plash, tekshirish, baholash, kiberjinoyatlarni tergov qilish sohalari mutaxassisi hisoblanadi. Respublika va halqaro jurnallari, gazetalari va ilmiy maqolalar to‘plamlarida 6 ta maqola, xorijiy nashrlarda 2 ta maqola, 5 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan.