Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi

Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi

KAFЕDRANING MAQSAD VA VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Kafedra Akademiyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda ta’lim berishning modul tizimi asosida o‘quv va ilmiy-metodik ishlar bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladi.

Jinoyat huquqi va kriminologiya sohasida yetuk, zamonaviy fikrlaydigan, malakali kadrlarni tayyorlash kafedraning asosiy maqsadi hisoblanadi.


Kafedraning o‘quv va ilmiy-metodik ishlar bilan bog‘liq asosiy vazifalari:
modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yuridik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, tahliliy mulohaza yurita oladigan, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni ilgari surish hamda hal etishga qodir jinoyat huquqi va kriminologiya yo‘nalishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish; 

o‘quv jarayonini ilmiy-metodik, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish.


 PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

 

Karimov Xurshid Akramovich

Shakirov

  

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi boshlig‘i, yu.f.f.d.,(PhD) professor, adliya katta maslahatchisi.

Email: x.a.karimov@proacademy.uz  

 

 

“Qiynoqqa solishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

“Jinoyat huquqi”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik va DXX vakolatiga tegishli jinoyatlarning umumiy-huquqiy tavsifi”, “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar”, “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura” kabi darsliklar hammuallifi, “Jinoyat tarkibi va jinoiy  javobgarlik asoslari”, “Qiynoqlarga qarshi kurashga oid xalqaro standartlar va milliy qonunchilik hamda jinoiy javobgarlik masalalari”, “Ma’muriy preyudiyaga oid jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari”, “Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi muammolar: tahlil va mulohazalar”, “Jinoyat huquqi umumiy qismining ayrim masalalari” kabi o‘quv qo‘llanmalar hamda “Jinoyatlarni tasniflash” nomli monografiya muallifi.  

2017 yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni;

2022 yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni;

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

Abduraxmanov Azizbek Uralovich

Shakirov

  

Кafedra katta o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi

Email: a.u.abduraxmanov@proacademy.uz

 

2021 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni;

2022 yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Matchanov Sherzod Kamilovich


  

 

Kafedra katta o‘qituvchisi, adliya maslahatchisi

Email: sh.k.matchanov@proacademy.uz

 

 

20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan;

2020-yilda “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Xalmuratov Aybek Orazbayevich


  

Kafedra katta o‘qituvchisi, 1-darajali yurist

“Kiberjinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha fadsafa doktori (PhD) ilmiy ishini amalga oshirmoqda.

Email: bekbayevich@proacademy.uz

 

 

Oblakulov Davlat Oltinboyevich

Shakirov

  

Kafedra o‘qituvchisi, 1-darajali yurist

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Tijorat pora olish uchun javobgarlikni takomillashtirish (xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlar tajribasi asosida)» mavzusida dissertatsiya ustida ish olib bormoqda.

Bugungi kunga qadar 2 ta monografiya (hammualliflikda) va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Email: d.o.oblakulov@proacademy.uz

 

Mardanov Farxod Narzullayevich


  

Kafedra o‘qituvchisi, yu.f.f.d.(PhD), 1-darajali yurist

 Email: mardonov-f@mail.ru