Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi

Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi

KAFEDRANING MAQSADI

Kafedraning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari surishtiruv va tergov faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarini kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash, ularning kasbiy-jangovar va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.

 

KAFEDRANING VAZIFALARI

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

harbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha fanlarni o‘qitish jarayonida ishtirok etish hamda o‘quv-uslubiy, o‘quv-amaliy, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, yuklatilgan fanlar va o‘quv modullari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borish;

o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan foydalanib, o‘qitishning amaliy xususiyatiga, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikka tayangan holda, o‘quv mashg‘ulotlarini harbiy va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan holda amalga oshirish;

biriktirilgan sohalar bo‘yicha blok-modulli tizimga asoslangan holda o‘quv-metodik majmualarni, shu jumladan namunaviy o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturlari va rejalari, tarqatma materiallar, muammoli vaziyatlar, keyslar, kazuslar, savollar jamlanmasi, ochiq, yopiq va boshqa shakldagi testlar, masalalar jamlanmasini ishlab chiqish;

kafedraga biriktirilgan sohalar bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘quv jarayonida ishtirok etish va o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarini (ma’ruza, faol ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, mustaqil mashg‘ulot, elektron shaklda masofaviy mashg‘ulot), shu jumladan ochiq darslarni o‘tkazish;

harbiy va jismoniy tayyorgarlik fanlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuror buyruqlari hamda Bosh prokuratura hay’atining sohaga doir qarorlarining to‘liq bazasini shakllantirishni va uni muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlash;

prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qo‘riqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari yuzasidan Akademiya tomonidan tizimli asosda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarida ishtirok etish;

taalluqli soha va masalalar bo‘yicha fundamental, ilmiy-tadqiqot izlanishlarda ishtirok etish, o‘quv, o‘quv-uslubiy, o‘quv-amaliy qo‘llanmalar tayyorlash;

biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan ekspert tahlilini o‘tkazishda ishtirok etish, ular bo‘yicha xulosalar, tafsiya va taqrizlar berish;

nazariy tayyorgarlikni prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amaliyoti bilan yaqindan bog‘lash, talabalarda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish maqsadida tegishli professor-o‘qituvchi va amaliyotchi-xodim (harbiy xizmatchi)lar bilan hamkorlikda master-klass, amaliy, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va boshqa tadbirlar tashkillashtirish;

boshqa o‘quv-ilmiy muassasalarining turdosh kafedralari bilan ijodiy hamkorlikni o‘rnatish, eng yaxshi o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish hamda soha bo‘yicha amaldagi qonunchilikni hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish masalalarida hujjatlar almashinuvini ta’minlash.

Qonun hujjatlariga muvofiq Kafedra zimmasiga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

 

KAFEDRA TOMONIDAN O‘QITILADIGAN MODULLAR

Kafedra tomonidan quyidagi modullar o‘qitiladi:

“Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” – o‘z ichiga “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik”, “Umumharbiy nizomlar va saf tayyorgarligi”, “Taktik tayyorgarlik”, “Otish tayyorgarligi”, “Harbiy topografiya”, “Muxandislik tayyorgarligi”, “Fuqaro muhofazasi”, “Jismoniy tayyorgarlik” fanlarini oladi;

“Birinchi tibbiy yordam asoslari va valeologiya”.

 

MODULLAR BO‘YICHA BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA QO‘YILGAN TALABLAR

Modullarni yakunlagandan so‘ng talaba:

O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa sohasidagi siyosati, Mudofaa doktrinasi, Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari va ularning mohiyati; huquqni muhofaza qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan o‘qotar qurol va maxsus vositalar; zamonaviy umumqo‘shin jangi asoslari; kasbga yo‘naltirilgan amaliy jismoniy tayyorgarlikda jismoniy tarbiya va sport vositalari, jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositalari va metodlari haqida bilimlarga;

harbiy xizmatchi (xodim)lar va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish; yakka harbiy xizmatchi va kichik bo‘linmalarning jangovar sharoitda qurol bilan harakatlanish, jangovar vazifani bajarish vaqtida kichik bo‘linmani boshqarish; jismoniy mashq va usullar texnikasi va taktikasidan foydalana olish; usul va mashqlarni bajarish, qo‘l jangi usullarini; birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarga va ularni amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha ko‘nimalariga;

modullar bo‘yicha olgan bilimlari asosida amaliyotda saf usullarini bajarish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan o‘qotar qurol va maxsus vositalardan samarali foydalana olish; jismonan takomillashtirishda o‘quv va ko‘nikmalarni tadbiq etish hamda qo‘lga olish usullarini qo‘llash malakasiga ega bo‘ladi.

 

KAFEDRANING FAOLIYATI

O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar hozirgi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Harbiy xizmat tayyorgarligi” nomli darslik, “Ognevaya podgotovka”, “O‘q otish tayyorgarligi”, “Sambo asoslari”, “Ommaviy qirg‘in qurollari, ularning turlari va shikastlovchi omillari”, “Basketbol”, “Qo‘l jangi usullari” va “Harbiy topografiya” nomli o‘quv qo‘llanmalar hamda bir nechta risola, uslubiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Hozirda modullarning dasturlari doirasida tegishli o‘quv adabiyotlar tayyorlanmoqda.

O‘quv reja va dasturlar ishlab chiqilib, belgilangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya harbiy qism va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan, ularning harbiy xizmatchi (xodim) mutaxassislari bilan birgalikda tizimli ravishda master-klass, amaliy mashg‘ulot, qo‘rgazma, uchrashuv va davra suhbatlari tashkillashtirib kelinmoqda.

Ilmiy va ilmiy uslubiy sohada hozirda ilmiy salohiyati 75 foizni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan halqaro ilmiy jurnallarda – 50 dan ortiq, respublika ilmiy jurnallarida – 20 dan ortiq maqolalar, halqaro va respublika konferensiyalari to‘plamlarida – 50 dan ortiq tezislar chop etilgan.

Kafedraning faoliyatidan kelib chiqib, hozirgi kunga qadar respublika va halqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkillashtirildi va o‘tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sport klubi tashkil etilib, uning doirasida sportning to‘rtta turi bo‘yicha to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston sambo va yengil atletika federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumlar imzolangan.

Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkillashtirish uchun barcha kerakli inshoot va obyektlar, jumladan sport turlari uchun mo‘ljallangan gimnastika maydonchalari mavjud, qisqa davr ichida tegishli shart-sharoitlar yaratilib, sport anjomlari va vositalari bilan ta’minlandi.

Akademiyada muntazam ravishda sportning har xil turlari bo‘yicha xodim, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

 

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

 

Uzakov Shuxrat Sharapovich

  

Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi boshlig‘i, general-mayor, prokuratura faxriysi.

“Dastlabki tergovda jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini prokuror tomonidan ta’minlanishi” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

Email: sh-sh-uzakov@proacademy.uz

2015 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni

2001 yilda “Shuhrat” medali

2022 yilda “MDH davlatlarining Bosh prokurorlari Muvofiqalashtirish kengashi” medali

“Shanxay hamkorlik tashkilotiga 10 yil” esdalik nishoni

Rossiya Federatsiyasi va Belorussiya Bosh prokuraturalarining esdalik nishonlari

Xitoy, Tojikiston, Kirg‘iziston va Qozog‘iston Bosh prokuraturalarining esdalik nishonlari

O‘zbekiston Respublikasi esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

 

Shakirov Shuxratjon Taxirovich

  

Кafedra dots.nti v.b., polkovnik, 1-darajali adliya maslahatchisi.

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarida ahloqiy-jangovar sifatlarini shakllantirishda harbiy an’analarni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

Email: sh.t.shakirov@proacademy.uz 

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni

2012 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali

2016 yilda “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

Gapparov Hafiz Zahidovich

  

Кafedra professori v.b., pedagogika fanlari nomzodi, polkovnik, 1-darajali adliya maslahatchisi.

“Oliy malakali rapira qilichbozlarini taktik tayyorlash vositalari va usullarini individuallashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib borgan.

Email: gapparov@sbtsul.uz

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni

2014 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

 

Axmedov Xikmatilla Raxmanberdiyevich

  

Кafedra dotsеnti, pedagogika fanlari nomzodi, podpolkovnik, 2-darajali adliya maslahatchisi.

“Yosh kurashchilarni pedogogik nazorat qilish asosida trenirovka nagruzkalarini boshqarish uslubiyati” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib borgan.

Email: hikmatilla@sbtsul.uz

Dzyudo bo‘yicha sport ustasi.