Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti

“Et docere et discere servitute legis”

Boʻlim haqida maʼlumot

Boʻlim boshligʻi:
Urozbayev Sardorbek Odilbekovich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma (09:00 – 17:00)

Email: s.o.urozbayev@proacademy.uz

Telefon: +998712020496

Boʻlimning asosiy vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qarori asosida Akademiya tarkibida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.

Institut raqamli kriminalistika, kiberjinoyatlarni tergov qilish usullari, internet tarmog‘idan ma’lumot yig‘ish, maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish sohalarida ta’lim, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va sud-ekspertiza faoliyatini amalga oshiradi.

Institutning maqsadi Akademiya talabalari va tinglovchilarini raqamli jinoyatlarni tergov qilish, raqamli dalillarni aniqlash, topish va qayd etish, sud kompyuter-texnik ekspertizalarini o‘tkazish, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda raqamli tadqiqotlar yo‘nalishida yordam ko‘rsatish, raqamli ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) olib borish uchun maxsus bilimlarga ega bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sifatida mustaqil kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlashdir.

Institut tarkibida mamlakatimizda yagona bo‘lgan Dark Web o‘quv laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib, u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining yashirin internet tarmoqlarida tegishli raqamli dalillarni qidirish va qayd etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi.

O‘quv jarayonida turli elektron qurilmalarda saqlangan raqamli dalillarni aniqlash, belgilash va tahlil qilish uchun raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari, texnika va vositalari qo‘llaniladi. Kiberlaboratoriya bazasida kriptovalyutalar va Darknet tarmog‘idan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘quv kurslari va tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, kiberjinoyatlarni tergov qilish masalalari bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning ishtirokida trening va seminarlar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy bazani kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Raqamli kriminalistika ITI tarkibida Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi, Raqamli tergov va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga ko‘maklashish markazi, Uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi va Raqamli kriminalistika laboratoriyasi faoliyat olib boradi.