MARKAZNING MAQSADI
Markazning maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
MARKAZNING VAZIFALARI
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish, bu boradagi kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini chuqurlashtirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik boshqaruv organlari xizmatchilari uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid o‘quv mashg‘ulotlari, seminar, davra suhbati, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan fundamental, ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va bu sohadagi yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarida belgilangan qoidalarini milliy qonunchilikka muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi tavsiyalarning amalga oshirilishida ko‘maklashish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishida ishtirok etish va amalga oshirilishida ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash yuzasidan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan, bu borada ilmiy-amaliy tahlil qilish va izlanishlar olib borish va boshqalar.
Tursunbekov Xudayberdi |
||
![]()
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i v.b., adliya maslahatchisi. Email: x.tursunbekov@proacademy.uz |
2008-yildan tuman prokuraturasi ish o‘rganuvchisi lavozimida boshlab, tuman prokuraturasi tergovchisi, viloyat prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi, Bosh prokuratura Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi katta prokurori lavozimlarida xizmat qilgan.
2022-yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30-yil” esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
Quyidagi loyihalar va tashabbuslarda faol ishtirok etadi:
G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha norasmiy tarmog‘i (ARIN-WCA – Asset Recovery Inter-Agency Network West and Central Asia) Kotibiyati a’zosi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Ekspertlar guruhi a’zosi;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi;
“O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” loyihasining Kuzatuv kengashi a’zosi.
Borsiyeva Zamirat Xasanbekovna |
||
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori, adliya kichik maslahatchisi. «O‘zbekiston Respublikasining korrupsiya qarshi kurashish davlat siyosatini amalga oshirish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Email: z.borsieva@proacademy.uz
|
Ilmiy faoliyatida samarali ish olib borib, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya, 2 ta amaliy, 4 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
“Xalqaro huquq”, “Inson huquqlari” (2017), “Xalqaro tashkilotlar huquqi”, “Tibbiyot huquqi”, “Xalqaro jinoyat huquqi”, “Bola huquqlari”, “Inson huquqlari” (2024) darsliklar hammuallifi.
O‘z xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganligi uchun 2017-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi”, 2022-yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30-yil” esdalik nishonlari bilan mukofotlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Ekspertlar guruhi a’zosi.
Zufarova Shaxnoza Marsovna |
||
![]()
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi katta prokurori, 1-darajali yurist. Email: s.zufarova@proacademy.uz
|
2018-yilda Akademiyaning Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi prokuror lavozimida, 2021–2022-yillarda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
2021-yilda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining “MDH BPMKga 25-yil” esdalik yubiley medali bilan taqdirlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Ekspertlar guruhi a’zosi.
Safarov Temur Uktamovich |
||
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori, 1-darajali yurist, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Email: t.u.safarov@proacademy.uz
|
2017-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
2023-2024-yillarda "O‘zbekistonning yosh yetakchilari" dasturi doirasida Muhammad ibn Rashid nomidagi davlat boshqaruvi maktabida (BAA) malaka oshirdi.
2023-2024-yillarda "O‘zbekistonning yosh yetakchilari" dasturi doirasida Muhammad ibn Rashid nomidagi davlat boshqaruvi maktabida (BAA) malaka oshirdi.
Oliy-Majlis Senatining aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari bo‘yicha ishchi guruhi a’zosi.
Akademiyaning-Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi seminar a’zosi.
2022-yilda “Adliya vazirligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
Korrupsiyaga-qarshi kurashish masalalari bo‘yicha 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta risola va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, "Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar" darsligi hammuallifi.
Ahmadov Alimardon Axmadovich |
||
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori, adliya maslahatchisi. “Noqonuniy-aktivlarni qaytarishning institutsional asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Email: a.ahmadov@proacademy.uz |
“Energiya-resurslari xavfsizligini ta’minlash, foydalanish va sarflanishiga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” uslubiy qo‘llanmaning hammuallifi
G‘arbiy-va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA)ning Kotibiyat koordinatori vazifasini bajarib kelmoqda.
“O‘zbekiston-mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.