Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- ta’lim va tarbiya jarayonining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, bu borada Akademiyaning tarkibiy tarmoqlariga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish;
- talaba va tinglovchilar o‘rtasida loyiha va tanlovlar tashkil etish;
- talaba va tinglovchilarning ma’naviy dunyoqarashini milliy va zamonaviy qarashlar asosida rivojlantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatning to‘laqonli a’zosi, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni kamol toptirishga ko‘maklashish;
- talaba va tinglovchilar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish, ularda madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik sohalariga bo‘lgan qiziqishlarni chuqurlashtirish;
- talaba va tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘rish;
- iqtidorli talaba va tinglovchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Akademiyaning tarkibiy tarmoqlari bilan birgalikda respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarga tayyorlash hamda davlat stipendiyalariga taqdim etish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba va tinglovchilarga yetkazish;
- milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
- yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ularni bajarilishini ta’minlash;
- talaba va tinglovchilarning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ishlarni tashkillashtirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba va tinglovchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rish;
- talaba va tinglovchilarning ma’naviy-axloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida ular orasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, tahlil qilish hamda tegishli takliflar kiritish;
- yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish sohasida boshqa tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilish;
- yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tizimli tahlil asosida takliflar ishlab chiqish va kiritish;
- talabalar, tinglovchilar va fuqarolarni qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
- qonunchilikni targ‘ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Bahrombekov Bunyodbek Baxrom o‘g‘li |
||
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i “Jinoyat protsessida davlat ayblovini quvvatlashga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda. |
2017 yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni
2022 yilda “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.