Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi

Akademiya o‘z faoliyatini ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida, jamoatchilik va OAV bilan mustahkam aloqalarni kengaytirib borgan holda amalga oshiradi.

Akademiyaning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi PF – 257-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, Akademiya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik va OAV bilan samarali hamkorlikni kengaytirish, Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga oid axborot tayyorlash va uzatish borasida ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

                               
                                     

Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.facebook.com/ProsecutorAcademy

Instagram: www.instagram.com/proacademyuz/,

Twitter: http://www.twitter.com/ProAcademyUz,

Telegram: https://t.me/ProsecutorAcademy

You Tube: https://www.youtube.com/channel/UCz0S27mdA8OhvH5hRhioJTw

yaratilib, faoliyat yuritib kelmoqda.

                
      
                                       

Shu bilan birga, ochiq eshiklar kuni, press-tur, brifing, taqdimot, uchrashuv kabi faoliyat ochiqligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni faol o‘tkazib keladi. Ushbu tadbirlar qayta aloqani ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik va jurnalistlarga Akademiya haqida ishonchli va to‘laqonli ma’lumot olish imkonini beradi.

          
 
        

Akademiyaga qabul jarayonlarini yoritishga alohida e’tibor qaratilib, kirish imtihonlarini onlayn translyatsiya qilish, qabulning har bir bosqichiga oid ma’lumotlarni Akademiya veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va OAVda batafsil yoritish ishlari ta’minlab kelinmoqda.

                               
 
           
                                                       
                                                                     

Bo‘lim tomonidan Akademiya xodimlarining huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi faoliyati muvofiqlashtiradi, shuningdek, ma’lumotlar kontenti yaratilib, maqsadli auditoriyalarga mos yangi ruknlar kiritilmoqda.

                                              

Bundan tashqari, Akademiya faoliyatiga oid bukletlar, broshyuralar, boshqa bosma materiallar, shuningdek, brendbuk, faktbuk, Akademiya faoliyatiga oid yillik hisobot jurnallari nashrga tayyorlanmoqda.

                                                     

 

 

Mansurova Sanobarkhon Atkhamovna

Shakirov

  

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, adliya kichik maslahatchisi.

“Korrupsiyaga qarshi samarali faoliyatni tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli” mavzusida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni, “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.