Oʼquv-uslubiy boshqarma

Oʼquv-uslubiy boshqarma

Boshqarmaning maqsadi O‘zbekiston Respuyublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriat va magistratura bosqichlarida, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurslarining o‘quv jarayonlarini tashkil etish, fakultet va kafedralarning o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish.

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish, fakultet, kafedra, bo‘lim va markazlarning o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini qat’iy ta’minlash;

o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilib borish ishlarini muvofiqlashtirish;

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajribaga asoslangan, o‘qitishning kredit-modul tizimi hamda zamonaviy usullarini qo‘llash;

o‘quv jarayonida davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va malaka talablariga rioya etilishini ta’minlash;

nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga, amaliy va kasbiy ko‘nikmalar hamda klinik yuridik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish va tizimli monitoringini olib borish;

masofaviy shaklda ta’lim oluvchilarning modullarni o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirishi va ishtirokini monitoring qilib borish;

professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati hamda o‘qitish sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash hamda ularning kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtirish;

talabalar va tinglovchilar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtirish;

fakultetlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talabalar va tinglovchilar kontingentini fakultetlar kesimida jamlash hamda umumiy hisobini shakllantirish va yuritish;

yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratilishi hamda ularni muntazam yangilab borilishini monitoring qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;

talabalar va tinglovchilarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlari yuzasidan tuzilayotgan kelishuv hujjatlarining o‘quv fanlari va ta’lim krediti bilan bog‘liq qismini ekspertizadan o‘tkazib, tegishli xulosalar berish;

yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlarining mutaxassislarini o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;

yetakchi milliy va xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;

o‘quv jarayonini tashkil qilish va muvofiqlashtirish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan tizimli tahlil asosida takliflar ishlab chiqish va kiritish va boshqalar.


Boshqarma tarkibi

Nuridinov Baxodirdjan Sabirovich

Shakirov

  

Boshqarma katta prokurori, adliya maslahatchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

“Kasb ta’limi o‘qituvchilari malakasini oshirishda faol o‘qitish metodlaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, p.f.n.

Email: b.s.nuridinov@proacademy.uz

“Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “dots.nt” ilmiy unvonini olgan;

“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni ,“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;

Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasi (DVV International) O‘zbekistondagi filialining “Curriculum globALE” dasturi “Kattalar ta’limida rejalashtirish, tashkil etish va baholash” moduli bo‘yicha xalqaro darajadagi sertifikat olgan;

100 tadan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan;

1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy adabiyotlar chop ettirgan.

 

Dovletov Shoxrat Allabergenovich

Shakirov

  

Boshqarma katta prokurori, adliya maslahatchisi.

Email: sh.a.dovletov@proacademy.uz

 

10 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan;

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni, “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni,“O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

 

Eshmurodov Elbek

Shakirov

  

 Boshqarma prokurori, 2-darajali yurist.

“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish” mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (Phd) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Email: elbek.eshmurodov@proacademy.uz

 

 

20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan;

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

 

Ibadullayev Sarvarbek Shuxrat o‘g‘li


  

 

Boshqarma prokurori, 3-darajali yurist.

“O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida sudlanganlik: nazariya va amaliyot” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi olib bormoqda.

E-mail: ibadullayev.s.sh@proacademy.uz

 

 

 

Rizayev Xudoynazar Amirulla o‘g‘li

111 

  

Boshqarma prokurori, 3-darajali yurist.

“Ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Email: x.a.rizayev@proacademy.uz

 

 

8 ta ilmiy maqola nashr ettirgan, ulardan 5 tasi respublika jurnallari, ilmiy maqolalar to‘plamlarida, 3 tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan.